Fillar timsohlar qaynab yotgan daryoda filchani qutqarishga shoshishdi, deya xabar qilmoqda Lenta.ru nashri.
Janubiy Afrikadagi Kryuger milliy parkida turistlar cho`kayotgan filchaning qutqarilishiga guvoh bo`lishdi.
Fillar to`dasida filchaning yo`qolgani ma`lum bo`lgach, ona fil va yana uch fil filchaning ortidan timsohlar qaynayotgan daryoga o`zlarini tashlashdi. Alaloqibat, fillar yosh filchani bir amallab quruqlikka olib chiqishdi.






