AsosiyDunyo

Futbol klublari o`rtasida match ommaviy mushtlashuvlar bilan yakunlandi (Video)

'Futbol klublari o`rtasida match ommaviy mushtlashuvlar bilan yakunlandi (Video) 'ning rasmi

Braziliyaning “Atletiko Goyyaniense” va “Vila-Nova” futbol klublari o`rtasida match ommaviy mushtlashuvlar bilan yakun topdi, deya ma`lum qildi Day.Az nashri.

Final hushtagidan so`ng maydonda futbolchilar va ikki jamoaning murabbiylari ishtirokida janjal boshlanadi.

Polisiya tartibsizlarga ko`zdan yosh oqizuvchi gaz qo`llash orqali barham berishga muvaffaq bo`lgan. Bundan bir necha futbolchi va muxlislar jabrlangan.

Match 1:0 hisobida “Atletiko Goyyaniense” foydasiga hal bo`lgan.

Boshqa yangiliklar