Norvegiyada dorboz 900 metr balandlikdan yiqilib tushdi, deb xabar qilmoqda Daily Mailnashri.
Kyorag platosidagi qoyalar o`rtasiga arqon tortiladi va dorboz Espen Xatleskog (Espen Hatleskog) kanat bo`ylab 900 metr balandlikda yura boshlaydi. Shu on dorboz muvozanatini yo`qotadi va pastga qulaydi. Ammo ehtiyot trossi uni ushlab qoladi. Dorboz jarlik uzra osilib qoladi, lekin keyin yuqoriga ko`tarilib, yana tomoshasini davom ettiradi.






