AsosiyJamiyat

​O`zbekistonda Turkiya va Pokiston harbiylari bilan hamkorlikda qo`shma mashg`ulotlari o`tkaziladi

'​O`zbekistonda Turkiya va Pokiston harbiylari bilan hamkorlikda qo`shma mashg`ulotlari o`tkaziladi'ning rasmi

Joriy yilning 22—27 aprel kunlari O`zbekistondagi “Forish” tog` poligonida Pokiston Islom Respublikasi va Turkiya Respublikalari qurolli kuchlari bilan hamkorlikda maxsus-taktik o`quv mashg`ulotlari o`tkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur o`quv mashg`ulotlari 2019 yilga mo`ljallangan O`zbekiston Mudofaa vazirligi, Pokiston va Turkiya qurolli kuchlari o`rtasida harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq bir qator tizimli tadbirlar asosida amalga oshirilmoqda.

Tajriba va malaka almashuv bilan bog`liq amaliy mashg`ulotlarning barchasi “Forish” poligoni tog`li hududlarida o`tkaziladi.


    Boshqa yangiliklar