Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan respublikamizga sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni noqonuniy olib kirilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarliklarini fosh qilindi.
“Termiz” TIFbojxonapostiga kirib kelgan poezd vagonlaridagi yuklar hujjatlarda ko`rsatilgan yuklarga muvofiqligini tekshirish maqsadida belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi. Natijada, hujjatda ko`rsatilgan 977 dona qoplardagi “paket plastmas” tovarlaridan tashqari umumiy qiymati 19 million so`mlik jami 541 dona parfyumeriya tovarlariborligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat bo`yicha bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.






