Futbol bo`yicha Ruminiya ligasida qanot hakami bo`lib faoliyat olib boradigan Mariush Matisa hakam assistenti Gorgie Dumening qo`lini so`radi, deya ma`lum qilmoqda Lenta.ru nashri.
“Oradya” va “Diosig” jamolari o`rtasida bo`lib o`tadigan match boshida 22 yoshli Matisa maydonda Dumening qarshisiga kelib, cho`k tushib, unga turmushga chiqishini so`raydi.
Minbarlardan birida hakamning do`stlari xuddi shu savol tushirilgan peshlavhani ko`tarib turishgan. Qiz esa rozilik bildirib, ko`z yoshlarini tiyib turolmadi.






