Lesotoda 72 karatli noyob sariq olmos topildi, deya xabar qildi News24 nashri.
Olmos Maluti tog`laridagi Likobona konidan topilgan. Bu so`nggi yillarda mazkur kondan topilgan eng noyob olmosdir. Bungacha qo`lga kiritilgan olmoslar 46, 70 va hatto 326 karatli bo`lgan.
So`nggi yillarda Lesoto qirolligi yirik va noyob olmoslar etkazib beruvchi davlatga aylanmoqda. 2018 yili mamlakat konida 910 karatli olmos topilgan edi.






