AsosiyJamiyat

Cifati kafolatlanmagan dori vositalar savdosining oldi olindi

'Cifati kafolatlanmagan dori vositalar savdosining oldi olindi'ning rasmi

Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi hamda Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish bo`yicha tezkor tadbir o`tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro B.M.gategishli savdo do`koni yonidagi yordamchi xo`jalik ko`zdan kechirilganda, 4-5 dona polietilen sumkalar ichida umumiy qiymati 27 million so`mdan ziyod noqonuniy tovar-moddiy boyliklar borligi aniqlandi.

Ahamiyatlisi, mazkur tovarlar ichida inson salomatligiga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi, hech qanday hujjatlari va sertifikatlari bo`lmagan 15 turdagi dori vositalari ham bor ekan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar