Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Kasim Jomart Tokaev mamlakatda muddatdan ilgari prezidentlik saylovlarining o`tkazilishini ma`lum qildi hamda Qozog`iston halqiga to`g`ridan-to`g`ri efirdagi murojaatida quyidagilarni ma`lum qildi:
“Bugun mamlakatimiz hamda har bir fuqaro uchun muhim bo`lgan xabarni e`lon qilmoqchiman. Davlatimiz Konstitutsiyasiga muvofiq Qozog`iston Respublikasi Prezidentining navbatdan tashqari saylovini 2019 yilning 9 iyun sanasida o`tkazishni ma`qullayman.
Bunday echimga kelishdan oldin Qozog`istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboev bilan maslahatlashdim. Parlamentning qo`shpalatasi spikeri, Bosh vazir bilan suhbatlashdim. Konstitutsiyaviy kengash kelishuviga muvofiq Parlamentdagi partiyalar etakchilari bilan ham maslaxatlashib, navbatdan tashqari Prezidentlik saylovini o`tkazishni muhim qadam, deb bildim.
Men Kasim-Jomart Tokaev kelgusida o`tajak prezidentlik saylovini ochiq va oydin, odilona o`tishi uchun hamma sharoitlarni yaratib berishga va`da beraman”, – degan Prezident o`z nutqida.






