Liftda qolib ketgan gruzinlar qo`shiq kuylashdi, deya xabar qildi Ridus.ru nashri.
Liftda qolib ketib, qo`shiq kuylagan gruzinlar haqidagi rolik Internet tarmog`ida tobora mashhur bo`lmoqda.
Kadrlardan ko`rish mumkinki, besh nafar gruzin liftda qamalib qoladi. Shundan ulardan biri qo`shiq hirgoyi qila boshlaydi. Qolganlar esa unga jo`r bo`ladi.
Mazkur rolik bir necha kun ichida 54 ming martadan ko`proq ko`rilgan.






