AsosiyJamiyat

Energetika vaziri Alisher Sultonov talabalar bilan uchrashdi

'Energetika vaziri Alisher Sultonov talabalar bilan uchrashdi'ning rasmi

Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filialida O`zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonov va «O`zbekneftegaz» AJ rahbariyatining talabalar bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu xakda Energetika vazirligi telegram kanalida xabar berildi.

Tadbir davomida 2007 yildan buyon filialning talabalari va professor-o`qituvchilari, shuningdek ayrim talabalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari taqdim etildi. Ushbu qisqa taqdimotlar shundan dalolat beradiki, filial talabalari ilm-fan va ishlab chiqarish o`rtasidagi bevosita aloqaning yuksak salohiyatidan yaxshi xabardor va umuman, mahalliy neft va gaz sanoatini sifat jihatidan yangi darajaga ko`tarishda ilmiy tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etishini yaxshi tushunadilar va shu asosda ilmiy ishlar olib bormoqdalar.

Yosh mutaxassislar tayyorlash uchun tegishli sharoitlarni yaratish va bu borada ta`lim sifatiga e`tibor qaratish O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan joriy yilning 3 aprelida sohaga oid chora-tadbirlarni takomillashtirish masalalariga bag`ishlab o`tkazilgan yig`ilishda ta`kidlangan edi.

Jumladan, davlatimiz rahbari keng miqyosda fikrlaydigan, tashabbuskor yoshlarning mutoala madaniyatini, IT bo`yicha bilimlarini oshirish, yoshlar tomonidan kompyuter dasturlarini yaratish va bu borada ularning qiziqishlarini rag`batlantirish, ularni madaniyat va san`atga, jismoniy tarbiya va sportga jalb etishga alohida e`tibor qaratish lozimligini ta`kidlagan edi. Shu bilan birga, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni voyaga etkazishda ilg`or va innovasion vositalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etishi e`tirof etilgan edi.

Gubkin nomidagi RDU filialida ilmiy tadqiqot ishlariga jiddiy e`tibor qaratilmoqda va bir qancha talabalar bu borada sezilarli natijalarga erishganlar. Xalqaro internet-olimpiadalarda toshkentlik "gubkinchilar"ning ko`plab g`alabalarni qo`lga kiritgani ham bu erda ta`lim sifati qanday darajada ekanini tasdiqlaydi.

Filial shuningdek, Federal internet testi o`tkazish uchun platforma hisoblanib, bu borada unga 2018 yil 29 dekabrda "FIEBtayanch maydonchasi(bakalavr bitiruvchilari uchun Federal internet test) - 2019" rasmiy maqomi berilgan.

Yig`ilish qatnashchilari O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim tizimida innovasiyalar uzluksiz joriy etilayotgani va u talimning uzviy jarayoniga aylanib borayotganini bir necha bor ta`kidladilar. Butun mamlakat miqyosda innovasion yo`naltirilgan iqtisodiyotni yaratish, innovasiyalarni keng joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish borasida ko`p qirrali ishlar olib borilayotgani va bu borada sezilarli rivojlanishga erishilgani ham qayd etildi. Bunda "talim - fan - ishlab chiqarish" zanjirini asosiy e`tibor qaratilmoqda.

Qayd etish kerakki, filial talabalari soni 2018-2019 o`quv yilida 935 nafarni tashkil qiladi. Universitetda 65 nafar o`qituvchi ishlasa, ularning 16 foizi fan doktori, 45 foizi esa fan nomzodidir. Bugungi kunda filial bitiruvchilaridan 117 nafari xorijiy oliy o`quv yurtlarda o`qishlarini davom ettirmoqdalar.


    Boshqa yangiliklar