O`zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy sohadagi islohotlar oddiy odamlarning hayotini o`zgartirmoqda. Yillar davomida echimi topilmayotgan masalalar qabullar jarayonida daqiqalar ichida hal etilmoqda. Xususan fuqarolar arz qilish uchun rahbarlar huzuriga emas, rahbarlar oddiy fuqarolarning dardu tashvishini eshitish uchun joylarga barib masalalarni hal etib bermoqda.
2019 yil 7 aprel kuni Denov tumani aholisining murojaatlarini tinglash uchun O`zbekiston Respublikassi Prezidenti maslahatchisi o`rinbosari Alisher Usmanov, Prezident administrasiyasi etakchi inspektori Shokir Atadjanov, Surxondaryo viloyati Xalq qabulxonasi rahbari Abdulhakim Eshmuratov, Denov tumanining 4 ta sektor rahbari, Surxondaryo viloyatidagi tashkilot rahbarlari olis “Mehnatobod” mahallasiga tashrif buyurishdi.
Qabul jarayonida aksariyat fuqarolarning murojatlari joyida hal etildi. Xususan, tog`li Sina qishlog`idan Sayyora Temirova oilaviy sharoiti yaxshi emasligi va ishlash istagi borligini aytib murojaat qildi. Uning murojaati o`sha joyning o`zida hal etilib Sayyora Temirova o`zining uyiga yaqin bo`lgan 14 qishloq vrachlik punktiga ishga kirdi. Masalasi bu qadar oson hal bo`lgan fuqaro xursandligini izxor etib, rahbarlarga tashakkur aytdi.

Denov tuman fuqarosi Shodiev Qurbonali taqdir taqozosi bilan og`irshatoitga tushib qolgan. Uning turmush o`rtog`i bir necha yildan buyon jigar serrozi bilan og`riydi. U bugungi kunda turmush o`rtog`i uchun dori-darmon olishda moddiy qiyinchilikka duch kelmoqda. Ushbu masala Denov tuman hokimi B.Ibotov va Denov tuman Tibbiyot birlashmasi rahbari Y.Bo`riev tomonidan nazoratga olinib, unga moddiy yordam ajratildi.
Qabulda yoshlarni ish bilan ta`minlash, ularni qiynayotgan masalalarni hal etishga alohida e`tibor qaratildi. Qabulda Denov tumanidagi “Dashti chinor” mahallasi fuqarosi To`raev Shohruh tadbirkorlikni yo`lga qo`yish istagini bildirdi.O`zbekiston Respublikassi Prezidenti maslahatchisi o`rinbosari Alisher Usmanov To`raev Shohruhga kredit ajratilishi bo`yicha ko`satma berdi. Shu joyning o`zida 4-sektor rahbari – Denov tuman Soliq Inspeksiyasi rahbari Odil Yoqubov Shohruhga “Mikrokreditbank” Denov tuman bo`limidan 28 million kredit rasmiylashtirish uchun tavsifnoma rasmiylashtirdi.
Denov tumanida o`tkazilgan qabulda 186 ta murojaat eshitildi. Shundan 51,3 foizi joyida hal etildi. Qolgan 48,7 foiz murojaatlar nazoratga olindi.






