AsosiyDunyo

Ayol o`zining homiladorligini tug`ishiga 45 daqiqa qolganda bildi

'Ayol o`zining homiladorligini tug`ishiga 45 daqiqa qolganda bildi 'ning rasmi

Shotlandiyaning Glazgo shahri fuqarosi 18 yoshli ayol o`zining homiladorligini tug`ishiga 45 daqiqa qolgandi bildi, deya ma`lum qilmoqda Lenta.ru nashri.

18 yoshli Emmaluiz Leggeyt to`ng`ich farzandini dunyoga keltirgach, homiladorlikka qarshi xapdorilarni ichib yurar va ikkinchi farzandni dunyoga keltirishni rejalashtirmagandi. Ammo bir kuni ertalab birdan qorni kattalashadi. Vaholanki, bir kun avval qorni tep-tekis edi. Shundan so`ng u shifokorlarga murojaat etadi. Homilador ekanligini bilganidan so`ng 45 daqiqa o`tib, ikkinchi bolasini dunyoga keltiradi. Chaqaloq sog`-salomat tug`iladi va qizaloqqa Siara deb ism qo`yiladi.

Ma`lum bo`lishicha, homila onaning bel sohasida bo`lgan ekan.

    Boshqa yangiliklar