Ruanda milliy parkida ona gorilla o`lik holda topildi, deb xabar qilmoqda The Mirror nashri.
Jasad tepasida esa gorilla bolasi chuqur qayg`uga botgani kuzatilgan.
Titus (Titus) laqabli gorilla jufti Tak (Tuck)dan bir necha metr nariga o`tirib olgan. Tak bir necha soat oldi vafot etgandi. Oradan biroz vaqt o`tib jasadning tepasiga gorilla bolasi keladi va onasining qorniga o`tirib oladi va qattiq qayg`uga cho`madi.






