Ertaga Andijon shahrida Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan ommaviy piyodalar yurishi o`tkaziladi. «Daryo»ning xabar berishicha, tadbirni yuqori saviyada o`tkazish maqsadida ayrim ko`chalarda avtotransportlar harakatlanishi vaqtincha cheklanadi.
Ommaviy yurish doirasida belgilangan hududlarda Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o`qituvchilari va talabalarining innovasion ishlanmalar yarmarkasi, viloyatda faoliyat olib borayotgan 14 ta yirik dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsulotlari ko`rgazmasi, tibbiy ko`riklar tashkil etiladi. Shuningdek, yoshlar ishtirokida «Biz, sog`lom turmush tarzi tarafdorimiz!» shiori ostida madaniy-ma`rifiy tadbirlar, aksiyalar o`tkaziladi.






