Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa tovarlarning respublikamizga noqonuniy olib kirilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarliklarini fosh qilishdi.
Jumladan, “Keles” temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari “Novosibirsk-Toshkent” yo`nalishida kirib kelgan poezd yo`lovchilarining yuklarini bojxona nazoratidan o`tkazish davomida, fuqarolar I.O. va R.A.lar 31 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, baliq mahsulotlari, sitrus mevalari, salqin ichimliklar va yuvish vositalarini bojxona nazoratidan yashirincha olib kelayotganligi aniqlandi.
Dastlabki hisob kitoblarga ko`ra, ushbu tovar-moddiy boyliklarning umumiy qiymati 53 million so`mni tashkil etdi.
Hozirda yuqoridagi holatlar bo`yicha tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






