AsosiyJamiyat

​Turizmni rivojlantirish qo`mitasi: oilaviy mehmon uylari soni oshmoqda

'​Turizmni rivojlantirish  qo`mitasi: oilaviy mehmon uylari soni oshmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi «Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to`g`risida»gi 631-sonli qarori ijrosi doirasida Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan joriy yilning birinchi choragi davomida «Oilaviy mehmon uylari yagona reestri»ga 71 ta Oilaviy mehmon uylari kiritilib, umumiy hisobda Oilaviy mehmon uylari soni 179 taga etib, ulardagi joylar soni 1589 tani tashkil etadi. Bu haqda qo`mita rasmiy saytida ma`lum qilingan.

Oilaviy mehmon uylari soni hududlar kesimida olinganda Samarqand viloyatida 34, Qashqadaryo viloyatida 24, Toshkent viloyatida 22, Surxondaryo viloyatida 20, Buxoro viloyatida 19, Toshkent shahrida 18, Xorazm viloyatida 13, Jizzax viloyatida 10, Navoiy viloyatida 7, Qoraqalpog`iston Respublikasida 6, Farg`ona viloyatida 3, Andijon viloyatida 2, Sirdaryo viloyatida 1 tani tashkil etmoqda.

Oilaviy mehmon uylari yagona reestri Qo`mitaning rasmiy saytida (https://uzbektourism.uz/uz/is/registry) ochiq ma`lumot sifatida muntazam yangilanib boriladi.

Birinchi chorak yakunlariga ko`ra, Oilaviy mehmon uylari o`zida 1966 nafar mahalliy va 2882 nafar xorijiy, umumiy hisobda 4848 nafar sayyohni qabul qilgan.


    Boshqa yangiliklar