AsosiyJamiyat

O`zbekistonda uglevodorod xomashyo qazib chiqarish ko`rsatkichi oshdi

'O`zbekistonda uglevodorod xomashyo qazib chiqarish ko`rsatkichi oshdi'ning rasmi

“Eriell” xalqaro neft servisi kompaniyasi O`zbekiston hududida burg`ilash va qazish ishlarini amalga oshirmoqda. Burg`ilash ishlarida kompaniyaning subpudrat tashkilotlari va 144 nafar xorijlik supervayzer-mutaxassis va muhandisi faol ishtirok etmoqda. Kompaniyaning 48 burg`ilash uskunasi, shuningdek, 120 og`ir texnika va avtotexnika jalb qilingan.

Ma`lumotlarga ko`ra, bugungi kunda 630 ming metrdan ortiq tosh jinslari burg`ilangan, 203 quduqda burg`ilash ishlari yakunlangan.

“Eriell” kompaniyasi bilan hamkorlik qilishdan yana bir maqsad bor. Shu orqali “O`zburneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining texnik jihozlash va burg`ilash uskunalarini modernizasiya qilishga erishish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar