AsosiyJamiyat

Surxondaryoda burg`ilashga doir qator loyihalar amalga oshiriladi

'Surxondaryoda burg`ilashga doir qator loyihalar amalga oshiriladi'ning rasmi

Surhan Gas Chemical Operating Company bilan Surxondaryo viloyatida o`n besh quduqni burg`ilashga doir ikki shartnoma imzolandi. Burg`ilash bo`yicha keng ko`lamli loyihalarni amalga oshirishga oid ochiq tanlov savdolarida Eriell kompaniyasi g`olib bo`ldi. Rejaga ko`ra, burg`ilash ishlarini amalga oshirish muddati - 2019-2020 yillar.

Rekord darajadagi qisqa muddatda Surxondaryo hududiga olti burg`ilash qurilmasi etkazib berildi, shulardan to`rttasi grafikdan ilgarilab burg`ilash ishlarini boshlab yubordi. Bugunga kelib umumiy hisobda 6 ming metrdan ortiq hudud burg`ilangan.

Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun Eriell Italiya, Meksika, RF, XXR va Kanadaning etakchi ishlab chiqaruvchilaridan zarur uskunalar va materiallarni xarid qilishga doir shartnoma imzoladi.

Surxondaryo viloyatidagi «Mustaqillikning 25 yilligi» O`zbekistondagi eng murakkab hududlardan biri bo`lgani bois geologik va konseptual gidrodinamik modellarni qurishga Halliburton kompaniyasi jalb etildi. Servis pudratchilari sifatida esa soha etakchilari hisoblangan kompaniyalar ishtiroki ta`minlanmoqda.


    Boshqa yangiliklar