AsosiyJamiyat

Bugun Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni ilk bor nishonlanmoqda

'Bugun  Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni ilk bor nishonlanmoqda 'ning rasmi

O`zAning yozishicha, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev bundan bir yil muqaddam — 2018 yil 5 aprelda “O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to`g`risida”gi qonunga imzo chekkan edi.

Qonunda O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati O`zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilandi.

2018 yil 2 oktyabr kuni qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to`g`risida”gi qonunda bu o`z ifodasini topdi. Bugun esa Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni ilk bor nishonlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar