O`zbekiston Respublikasi Prezidentning 28 martdagi Qarorga muvofiq, chorva mollarini sug`urtalash tartibi ishlab chiqiladi...
Samarqand veterinariya medisina institutining Toshkent filiali ham tashkil etiladi.
Go`sht va sut narxi barqarorligini ta`minlash maqsadida har bir tumanda kamida ikkitadan quyidagilar tashkil etiladi:
- qoramollarni bo`rdoqiga boqishga ixtisoslashgan korxonalar;
- sut yo`nalishidagi korxonalar.
Qaror bilan 2019-2021 yillarda chorva mollari soni, go`sht va sut ishlab chiqarishni oshirish bo`yicha prognoz ko`rsatkichlari tasdiqlandi.
Mazkur ko`rsatikichlarga muvofiq respublikada 2021 yilga kelib 13 ming 825 bosh chorva mollari, 3 mln 646 ming 300 tonna go`sht hamda 11 mln 882 ming 500 tonna sut ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Bozorda go`sht va sut narxini barqarorligini ta`minlash choralari belgilandi.






