Qo`mita huzurida Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg`armasi hamda “O`zbekchorvanasl” agentligi tashkil etildi.
2020 yil 1 yanvardan:
- 100 boshli chorva va 100 ming parranda bo`lgan xo`jaliklarda veterinariya vrachi va zootexnik shtati joriy etiladi;
- qoramolchilik yo`nalishidagi xo`jaliklardagi hamda aholi qaramog`idagi sigirlar seleksiya rejasiga asosan naslli buqalar urug`i bilan sun`iy urug`lantiriladi;
- tuman hokimlari kelgusi yilga ozuqa ekinlarini joylashtirish rejasini “O`zbekchorvanasl” agentligining hududiy boshqarmalari bilan kelishadi.






