Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun O`zbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi davlat rahbari Farmoni qabul qilindi.
O`zbekiston hududiga kirgan BAA fuqarolari endi 30 kun muddatga vizasiz rejim belgilandi.
Shuningdek, yurtimizga ish yuzasidan keladigan BAA fuqarolariga bir yillik ko`p martalik vizalar O`zbekistonning chet eldagi muassasalarida 3 ish kunida rasmiylashtiriladi.
Eslatib o`tamiz, bunda O`zbekistondagi taklif qilayotgan yuridik shaxsning Tashqi ishlar vazirligiga murojaat etish talabi bekor qilindi.






