AsosiyJamiyat

Termizda Hukumatlararo komissiya yig`ilishi bo`lib o`tdi

'Termizda Hukumatlararo komissiya yig`ilishi bo`lib o`tdi'ning rasmi

Termiz shahrida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qoxir Rasulzoda rahbarligida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo komissiyaning 6-yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda ikki davlat vazirlik va idoralarining vakillari ishtirok etdi.

Ochiq va konstruktiv ruhda o`tgan majlisda so`nggi yillarda ikki qo`shni mamlakat o`rtasidagi yaqin do`stlik, hamkorlik aloqalari yangi bosqichda rivojlanib borayotgani alohida ta`kidlandi.

O`zaro ishonch va hurmat tamoyillariga asoslangan O`zbekiston-Tojikiston o`rtasidagi do`stlik, hamkorlik aloqalarining mustahkamlanib borayotgani xalqlarimizning tub manfaatlarini taminlashda muhim omil bo`lmoqda. Shunga muvofiq chegaralarimiz ochildi. Mamlakatlarimiz o`rtasida havo, temir yo`l va yo`nalishli avtobus qatnovlari yo`lga qo`yildi. Savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar aloqalar yangi bosqichga ko`tarildi. Ikki qo`shni davlat etakchi korxonalari va ishbilarmon doiralarining o`zaro manfaatli hamkorligiga xizmat qiladigan sanoat ko`rgazmalari, biznes forumlar tashkil etildi. Bu ishlar ikki tomonlama uzoq hamkorlik aloqalarini keng yo`lga qo`yib, tovar almashish hajmining o`sib borishida muhim o`rin tutmoqda. Bularning barchasi davlatlarimiz rahbarlarining yaqin qo`shnichilikka asoslangan yuqori darajadagi faol aloqalari samarasidir.

Tadbirda ikki mamlakat Hukumati delegasiyalari tomonidan Hukumatlararo komissiyaning 5-yig`ilishi davomida erishilgan kelishuvlarning amaliy natijalari sarhisob qilindi.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, energetika, madaniy-gumanitar hamda qishloq va suv xo`jaligi sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Mazkur yo`nalishlardagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan tegishli kelishuv imzolandi.

    Boshqa yangiliklar