AsosiyJamiyat

ojxonachilar tomonidan salkam 240 million so`mlik zargarlik buyumlarini noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

'ojxonachilar tomonidan salkam 240 million so`mlik zargarlik buyumlarini noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi'ning rasmi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “G`ishtko`prik” chegara bojxona posti xodimlari zargarlik buyumlarini noqonuniy olib o`tilishi bilan bog`liq holatlarni fosh etishdi.

Qo`shni davlatga piyoda holda chiqib ketayotgan fuqaro B.B. xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazilganida, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan, qiymati 89,1 million so`mlik, vazni 297 gramm bo`lgan sariq metalldan yasalgan zanjir zargarlik buyumini yashirincha olib o`tayotganligi fosh etildi.

Bojxonachilar e`tiborini tortgan yana bir fuqaro J.M. xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazilganida bojxonachilardan yashirin tarzda vazni 300 grammga teng bo`lgan 90 million so`mlik zargarlik buyumini noqonuniy tarzda olib o`tmoqchi bo`lganligi o`z vaqtida aniqlandi.

Shuningdek, fuqaro B.U.ning ham qing`ir rejasi chippakka chiqdi. U yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatmasdan va va og`zaki so`rovda ma`lum qilmasdan og`irligi 202 grammga teng bo`lgan qiymati 60,6 million so`mlik 2 dona bilaguzukni yashirincha olib o`tayotgan vaqtida to`xtatib qolindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar