Veterinar Tarik Abu-Zar oltin baliqchaning og`zidagi o`simtani olib tashladi, deya ma`lum qilmoqda Rai77.com nashri.
Tarik 6 yoshli Erik laqabli oltin baliqchani operasiya qildi.
Veterinar murakkab operasiyani amalga oshirib, baliqchaning og`zidagi o`simtani olib tashlagan va uning ko`rish qobiliyati yaxshilangan.
Erik maxsus anestetik yordamida uxlatilib, 30 daqiqali jarrohlik operasiyasini boshdan kechirgan.
Hozirda Erik o`zini yaxshi his etmoqda.






