Xalqaro baxshichilik san`ati festivalini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish maqsadida tanlov e`lon qilindi. Bu haqda festival matbuot markazi tomonidan xabar berilmoqda.
Aytilishicha, tanlov “Internetdagi eng yaxshi targ`ibotchi”, “Eng yaxshi videoeportaj”, “Eng yaxshi fotoreportaj”, “Eng yaxshi maqola: Surxon vohasi tarixini aks ettiruvchi maqola va Xalqaro baxshichilik festivali haqidagi maqola” yo`nalishlari bo`yicha o`tkaziladi.
Mazkur yo`nalishlar g`oliblarining har biriga 5 million so`mdan mukofot beriladi. Mukofot jamg`armasi 50 million so`mni tashkil etadi.
G`oliblar festival yakunlariga bag`ishlangan matbuot anjumanida taqdirlanadi.






