AsosiyDunyo

Havo haroratining ko`tarilishi zararkunanda hasharotlarning ko`payishiga sabab bo`ladi

'Havo haroratining ko`tarilishi zararkunanda hasharotlarning ko`payishiga sabab bo`ladi 'ning rasmi

Olimlar global ravishda havo haroratining isib ketishi qishloq xo`jaligiga juda katta zarar etkazishidan ogohlantirishmoqda, deb xabar berdi Vesti nashri.

Gap faqat qurg`oqchilikda emas. Yangi tadqiqotlar shuni ko`rsatmoqdaki, 2050 yilga borib dunyo qishloq xo`jaligidagi hosilning asosiy qismi och hasharotlar tomonidan eb bitiriladi. Chunki havoning isib ketishi hasharotlarda metabolizmni kuchaytiradi va ular doim och bo`lishadi.

Zarakunanda hasharotlar issiq havo paytida uch xil qishloq xo`jaligi mahsulotini kemirishar ekan, bular guruch, makkajo`hori va bug`doy. Bunda har yili havo harorati bir darajaga oshishi hosilning o`n foizi yo`qolishiga olib keladi. Havo haroratining ikki darajaga ko`tarilishi esa 213 million tonna hosilning eb bitirilishiga sabab bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar