AsosiyDunyo

Xristofor Kolumbning o`g`liga tegishli kutubxona katalogi qo`lyozmasi topildi

'Xristofor Kolumbning o`g`liga tegishli kutubxona katalogi qo`lyozmasi topildi 'ning rasmi

Daniyada Xristofor Kolumbning o`g`liga tegishli kutubxona katalogi qo`lyozmasi topildi, deya xabar qildi Europa Press nashri.

Ikki ming sahifadan iborat katalog qo`lyozmasini Kolumbning o`g`li o`n oltinchi asrda tuzib chiqqan edi. Qo`lyozma Kopengagen universiteti kutubxonasidan topilgan.

Manuskriptda Fernando Kolumb jamlanmasidagi uch mingga yaqin kitob annotasiyalari mavjud.

Fernando Kolumbning qo`lyozmalar va kitoblar jamlanmasi 15 ming tomga mo`ljallangan edi. Ularning bir qismi Sevilya kutubxonasida saqlanmoqda. Qolgan qismi hozircha topilgani yo`q.

    Boshqa yangiliklar