AsosiyDunyo

Kim Chen Inning akasining o`limida ayblanayotgan qizga hukm chiqarildi

'Kim Chen Inning akasining o`limida ayblanayotgan qizga hukm chiqarildi 'ning rasmi

Malayziya sudi Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning akasi Kim Chen Namning o`limida ayblanayotgan vetnamlik qizga hukm chiqardi, deya xabar qilmoqda Reuters nashri.

Zoan Txi Xiong uch yilu to`rt oyga ozodlikdan mahrum etildi. Qiz o`lim jazosidan arang qutulib qolgan, negaki “qasddan qotillik sodir etish” ayblovi “xavfli buyumlar bilan tanaga jarohat etkazish”ga o`zgartirilgan.

Qiz o`z aybini tan olgan.

U kelgusi oyda ozodlikka chiqarilishi mumkin, negaki qiz jazoning katta qismini qamoqda o`tkazib bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar