Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishigaqarshi kurashish bo`limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ vakillari bilan hamkorlikda narkotik moddalarning oldi-sotdisiga qarshi tezkor tadbir o`tkazdi.
Tadbir davomida, fuqaro A.N.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko`zdan kechirildi. Natijada fuqaro o`z uyini qimorxonaga aylantirib, u erning o`zida narkotik moddalar oldi-sotdisi bilan shug`ulanayotgani ma`lum bo`ldi. Mazkur xonadon xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, 3 dona gugurt qutilariga joylangan giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Ekspertiza xulosasiga muvofiq, olingan ashyoviy dalillar vazni 17,8 grammni tashkil etuvchi “marixuana” ekanligini tasdiqladi. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, tergovgacha tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






