Yaponiya texnologiyasi asosida yaratilgan ushbu poezd magnit yostiqchalari yordamida harakatlanadi. Poezd Yaponiyaning uch yirik shaharlari – Tokio, Nagoya va Osakani bog`laydi.
Bunday poezdlarni yana magnitli levitasiya iborasidan olingan “magleva” deb ham atashadi. Uning loyihasi “Chuo Shinkansen” deb nomlanadi.
Taqqoslaydigan bo`lsak, Kaliforniyaning eng tez harakatlanuvchi San Fransisko, Los Anjeles va San Diegoni bog`lab turuvchi poezdning eng yuqori tezligi soatiga 350 kilometrni tashkil etadi, deb xabar beradi UzReport AA.
Magleva poezdi magnit levitasiyasi hisobiga temir yo`l yuzasida muallaq turadi va relslarga teginmasdan harakatlanadi. Poezdda yo`lovchilarning bir martalik sig`imi ming kishini tashkil etadi. Dastlab 100 nafar yo`lovchi bilan sinovdan o`tkazildi, deb yozadi “Kommersant” nashri.





