Angliyalik Betan Geskin biskvit pechenelarini ko`p eyish tanlovida qatnashib vafot etdi, deya ma`lum qilmoqda Lenta.ru nashri.
Hodisa Burne shahrida bo`lib o`tdi. 24 yoshli qiz dugonasinikiga kelib, fud-chellenjda ishtirok etishga qaror qiladi. Qoidaga ko`ra, ishtirokchilar dumaloq biskvit pechenelarni og`izlariga imkon boricha ko`proq solishlari lozim edi.
Konkurs davomida pechene Geskinning nafas yo`llarini berkitib qo`ygan, u yo`talib, hushini yo`qotgan. Kasalxonada besh kun hushsiz yotgan va vafot etgan.
Marhumaning onasi yoshlarni bunday xavfli o`yinlarni bas qilishga chaqirdi.






