11 yoshli bolakay kiyim to`qishda mahoratli buvijonlarni ham ortda qoldiradi, deya ma`lum qildi News.day.az nashri.
AQShning Viskonsin shtatida istiqomat qiluvchi Jon Larson besh yoshligidayoq to`qishni o`rganadi — u YouTubekanalida mahorat darsini ko`rib qoladi. Natijada to`qish-bichish Jonning asosiy mashg`ulotiga aylanadi. Hozirda uning Instagram sahifasiga 46 ming kishi a`zo bo`lgan va ular bolaning ishlarini jon deb sotib olishadi. Ammo Jon nafaqat sotish ishlari bilan mashg`ul, balki tushgan mablag`larni bir vaqtlar o`zi asrab olingan Habashistondagi etimxonalarga tuhfa qiladi.






