AsosiyJamiyat

Navoiyda o`zbek avtomobillari uchun ehtiyot qismlar tayyorlanmoqda

“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida hindistonlik investorlar ishtirokida 2010 yili ishga tushirilgan “O’zMinda” korxonasida 4 rusumdagi o`zbek avtomobillari uchun spidometr, eshik dastasi va qulf jamlanmasi, avtomobil soati kabi ehtiyot qismlar tayyorlanmoqda.

Yiliga 250 ming dona avtokomponentlar ishlab chiqarish quvvatiga ega ushbu korxona mamlakatimiz avtosanoati tizimidagi muhim bo`g`inlardan hisoblanadi.

Korxona tomonidan joriy yilning o`tgan davrida qariyb 15 milliard 280 million so`mlik mahsulot tayyorlandi. 148 ming AQSh dollarilik ehtiyot qismlar eksport qilindi.

O`tgan vaqt mobaynida hududda Xitoy, Singapur, Janubiy Koreya, Hindiston kabi sanoati rivojlangan mamlakatlar sarmoyasi ishtirokida bir qator ishlab chiqarish ob`ektlari faoliyati yo`lga qo`yildi. Ular tomonidan avtomobil sanoati uchun zarur ehtiyot qismlar, energetika tizimida keng foydalaniladigan kabel, gigienik vositalar, raqamli telemoslama va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda, deb xabar qiladi O`zA.

    Boshqa yangiliklar