Portugaliyadagi kutubxonaga ko`rshapalaklar qorovullik qiladi, deb xabar qilmoqda Mixstuff nashri.
Portugaliyaning Koimbro universiteti Joanina kutubxonasi bir necha asrdan beri faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Kutubxonaga o`n to`qqizinchi asrdayoq ko`rshapalaklar o`rnashib olgan. Ammo ular kitoblarga hech qanday zarar etkazmaydi, aksincha ularni asrashadi: tun jonivorlari kechasi bilan noyob kitoblarni turli hasharotlardan tozalashadi. Bu esa noyob kitoblarning uzoq vaqt davomida saqlanishiga ko`mak beradi.






