AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag`ishlangan faollar yig`ilishi boshlandi

'Shavkat Mirziyoev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag`ishlangan faollar yig`ilishi boshlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag`ishlangan faollar yig`ilishi boshlandi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida ulkan islohotlar amalga oshirilayotgani, uning natijalari har bir sohada sezilib, odamlar ertangi kunga umid bilan qarayotganini ta`kidladi.

- Hamma ishlarimiz, rejalarimiz O`zbekiston xalqining manfaati uchun. Bu hududlarda, har bir ko`chada, odamlar hayotida namoyon bo`lishi uchun quyi darajada sifat, bilim, fidoyilik yuqori bo`lishi kerak. Qarsaklar, balandparvoz gaplarga chek qo`yib, har bir xonadon, shaxs bilan manzilli, alohida-alohida ishlash zarur, - dedi Shavkat Mirziyoev.

Mamlakatimizning barcha hududlari singari Buxoro viloyatini ham jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish va hayotini yaxshilash ishlariga ustuvor e`tibor qaratilayotgani qayd etildi.

– Moddiy ko`mak, tizim bo`masa, natija bo`lmaydi. Shuning uchun har bir qarorni moddiy manbalari bilan qabul qilyapmiz. Buxoroga ham katta tayyorgarlik bilan keldik, – dedi Prezident.

2019-2020 yillarda viloyatda sanoat, xizmat ko`rsatish va qishloq xo`jaligi sohalarida umumiy qiymati qariyb 25 trillion 353 milliard so`m bo`lgan 625 ta investisiya loyihalari dasturi ishlab chiqilgani ta`kidlandi. Bu salkam 30 ming doimiy ish o`rni yaratishni ta`minlaydi.

Yig`ilishda viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, investisiya loyihalarini amalga oshirish, ish o`rinlarini ko`paytirish bo`yicha ustuvor vazifalar belgilab berilmoqda.

Uni videoselektor orqali shahar va tumanlar aholisi kuzatib bormoqda.


    Boshqa yangiliklar