Yaponiyada dunyodagi eng katta desert tayyorlandi, deya xabar qilmoqda TASS nashri.
Yaponiyaning Xirosima shahri aholisi dunyodagi eng uzun nemis deserti “baumkuxen”ni pishirishdi va bu natija Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.
Taomni tayyorlashda 150 kishi qatnashgan. Bir yarim soat davomida tayyorlangan pirog 20,87 metrga etgan.
Baumkuxen yaponlarning ham eng sevimli taomlaridan biri hisoblanadi, uni Yaponiyadagi har qanday do`kondan topish mumkin.






