Prezidentimiz oldingi tashrifi chog`ida barcha sohalarni rivojlantirish bo`yicha keng ko`lamli vazifalarni belgilab bergan edi.
Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Yangi sanoat korxonalari, tadbirkorlik sub`ektlari tashkil etildi. Mahalliylashtirish darajasi va eksport hajmi oshdi. Transport va servis infratuzilmasi rivojlanib, sayyohlar oqimi ko`paydi. Qishloq xo`jaligida foydalanilmagan imkoniyatlar ishga solindi. Yangi uy-joylar, ijtimoiy ob`ektlar bunyod etildi.
Tashrif davomida Prezidentimiz avvalgi topshiriqlar ijrosi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishi, galdagi muhim vazifalarni belgilab berishi rejalashtirilgan.
Bu haqida O`zA xabar berdi.






