Rossiyalik harbiylar guruhining siyosiy inqiroz ichida qolgan Venesuelaga kelgani borasidagi xabarlar katta muhokamalariga sabab bo`lmoqda, deb xabar berdi TASS nashri.
Hozircha rasmiy Karakas va Moskva ham bu xabarni rasman tasdiqlamadi.
Lotin Amerikasi matbuoti Karakas aeroportiga Rossiyaning «Il-62» va «An-124» samolyotlari kelib qo`ngani haqida yozishmoqda. Jurnalist Xaver Mayorka ma`lumotlariga ko`ra, samolyotlarda Venesuelaga 35 tonna yuk va 99 nafar harbiylar etkazilgan. Moskva hamda Karakas mazkur masala yuzasidan hech qanday ma`lumotlarni taqdim etganicha yo`q.
Le Figaro nashri ma`lumotlariga ko`ra, mazkur masala yuzasidan AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o`rtasida telefon muloqoti bo`lib o`tgan. AQSh davlat kotibi muloqot davomida Rossiyani Venesueladagi vaziyatni yanada taranglashtirayotganlikda ayblagan. Moskvaning Maduroni qo`llab- quvvatlashi Venesuela xalqining azob-uqubatlarini yanada orttirmoqda, dedi u. Sergey Lavrov o`z navbatida AQShni Venesuelada davlat to`ntarishini amalga oshirishga urinyotganlikda ayblab, bu suveren davlatning ichki ishiga keskin aralashuv BMT nizomi va xalqaro huquq normalariga mutlaqo to`g`ri kelmasligini ta`kidlagan.






