AsosiyJamiyat

Yoshlar ittifoqi kimlarning to`lov-shartnoma pullarini to`lab beradi?

'Yoshlar ittifoqi kimlarning to`lov-shartnoma pullarini to`lab beradi?'ning rasmi

Yurtimiz bo`ylab O`zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan “Ittifoq ta`lim granti” loyihasiga doir hududiy komissiya yig`ilishlari bo`lib o`tdi.

Unda komissiya a`zolari tomonidan oliy ta`lim muassasalarida to`lov-shartnoma asosida ta`lim olayotgan chin etim (ota-onasiz, ota-onalik huquqidan mahrum etilgan), imkoniyati cheklangan hamda mehribonlik uyida tarbiyalangan, boquvchisini yo`qotgan talabalarni moddiy qo`llab-quvvatlash yuzasidan to`lov-shartnoma mablag`larining 50 foizigacha bo`lgan miqdorini to`lab berish bo`yicha murojaat qilgan talabalarning hujjatlari o`rganib chiqildi.

Komissiya a`zolarining yakuniy xulosalariga ko`ra, jami 367 nafar nomzod orasidan 203 nafar talabaning hujjatlari O`zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining respublika komissiyasiga tavsiya etildi. Jumladan, Toshkent shahridan 32 nafar, Samarqand viloyatidan 31 nafar, Surxondaryo viloyatidan 22 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasidan 20 nafar, Buxoro viloyatidan esa 18 nafar yoshning topshirgan hujjatlari hududiy komissiya yig`ilishidan muvaffaqiyatli o`tdi.

Shuningdek, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridan 17 nafardan, Farg`ona viloyatidan 10 nafar, Jizzax viloyatidan esa 9 nafar, Namangan viloyatidan 8 nafar, Xorazm viloyatidan 7 nafar, Andijon viloyatidan 6 nafar hamda Toshkent viloyatidan 4 nafar, Sirdaryo viloyatidan 2 nafar ishtirokchining hujjatlari ham mazkur loyihaning yakuniy bosqichida o`rganiladi.

367 talabadan 164 nafarining hujjatlari Nizom talablariga javob bermagani uchun Respublika komissiyasiga taqdim etilmadi.

Nomzod talabalarning hujjatlari Respublika komissiyasi tomonidan “Ittifoq ta`lim granti”ga loyiq deb topilsa, to`lov-shartnoma mablag`larining 50 foizigacha bo`lgan miqdori joriy yilning 20 martiga qadar to`lab beriladi.

“Ittifoq ta`lim granti” loyihasi covrindorlarini aniqlashda asosiy e`tibor talabaning ayni vaqtdagi ijtimoiy-moddiy ahvoli, jamoatchilik ishlarida faolligi va erishgan yutuqlariga qaratildi.

    Boshqa yangiliklar