AsosiyDunyo

Somalida mudhish terakt sodir etildi

'Somalida mudhish terakt sodir etildi'ning rasmi

Somali poytaxti Mogadisho markazida terakt sodir etildi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Voqea oqibatida 25 kishi qurbon bo`ldi. Bundan tashqari, yana 30 nafardan ortiq odamlar tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan. Ma`lumotlarga ko`ra, xudkush terrorchi avtomobilgajoylanganportlovchi qurilmani biznez markazi binosi va mehmonxona oldida harakatga keltirgan. Portlash zarbi atrofdagi binolarga ham ta`sir ko`rsatgan. Hududda to`xtab turgan o`nlab mashinalar esa yonib ketgani xabar qilinmoqda. Shifokorlar qurbonlar soni ortishi mumkinligini ta`kidlashmoqda.Mazkur xunrezlik uchun javobgarlikni "Al-Shabab" terrorchilik guruhi o`z zimmasiga oldi.

    Boshqa yangiliklar