Nikaraguada hukumatga qarshi namoyishlarda ishtirok etgani uchun qamoqqa olingan 100 ga yaqin mahbuslar ozodlikka chiqdi, deya ma`lum qildi Korrespondent.ru nashri.
Ular muxolifat va hukumat o`rtasida olib borilgan muzokaralardan so`ng qo`yib yuborilgan. Tomonlarning oldiga qo`ygan vazifa inqirozli vaziyatni barataraf etish yo`lini topishdir. O`tgan yilning aprel oyidan buyon Nikaraguada hukumatga qarshi isyonlar kuzatilmoqda.
BMT bergan ma`lumotlarga ko`ra, mamlakatda 300dan ortiq odam zo`ravonlik tufayli qurbon bo`lgan. Shuningdek, 2 ming kishi tan jarohati olgan.






