Shu kunlarda Evropaning shimoliy hududlarida qish fasliga xos bo`lmagan ob-havo kuzatilmoqda, deb xabar berdi Trend nashri.
Gap shundaki, kuni kecha qalin qor ostida qolayotgan London, Parij kabi yirik shaharlarda ayni vaqtda yoz fasliga xos harorat hukm surmoqda. Meteorologiya sohasi vakillari harorat 20 daraja issiq ekanini qayd etishgan. Bu esa fevral oyi uchun rekord daraja hisoblanadi. Odamlar ko`cha va hiyobonlarga chiqib, quyosh taftidan bahra olishmoqda. Shu kabi holatni Ispaniya poytaxti Madrid hamda Belgiya va Niderlandiyada ham ko`rish mumkin.






