AsosiyDunyo

Vetnamda AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlari o`rtasidagi uchrashuv bo`lib o`tmoqda

'Vetnamda AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlari o`rtasidagi uchrashuv bo`lib o`tmoqda 'ning rasmi

Vetnam poytaxti Xanoy shahrida AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlari o`rtasidagi navbatdagi uchrashuv bo`lib o`tmoqda, deya xabar bermoqda Gazeta.ru nashri.

Bu Donald Tramp va Kim Chen Inning ikkinchi uchrashuvi hisoblanadi. Sammit davomida Koreya yarimorolidagi yadrolashuvning istiqbollari muhokama qilinmoqda. Sammit davomida Oq uy rahbari Shimoliy Koreyani «qudratli iqtisodiy davlat»ga aylanishida yordam berishga tayyor ekanini qo`shimcha qildi. Trampning ta`kidlashicha, Shimoliy Koreya tomonidan yadro raketalarining sinovdan o`tkazmayotganini qadrlaydi. Ekspertlarning fikriga ko`ra, ikkala tomon qarama-qarshilikdan qochish uchun muayayan murosaga kelishga urinmoqda. Agar voqealar ijobiy rivojlansa, bu nafaqat Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, balki Rossiyaga ham foyda keltiradi.

    Boshqa yangiliklar