Voyaga etmaganlar o`rtasida sodir etilganhuquqbuzarliklarningkatta qismi aynan o`smir-yoshlarda huquqiy madaniyatning shakllanmaganida bo`lsa, ularning jinoyatga qo`l urishiga asosiy sabab ishsizlikdan kelib chiqmoqda, deya ta`kidlandi “Yoshlar press-klubi”da.
O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashidabo`lib o`tgan mazkur tadbir “Barchasi o`z qo`lingda targ`ibot dekadasi: erishilgan natijalar yo`l qo`yilgan kamchiliklar hamda istiqboldagi vazifalar” mavzuiga bag`ishlandi.
Unda O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o`rinbosari – Begmat Ochilov, O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Markaziy Devoni boshqarma boshlig`i – Doniyor Husainov, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi – Zafar Nazarov, Respublika Xotin-qizlarqo`mitasi raisi o`rinbosari – Mukarram Nurmatova, Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshlig`i – Bahriddin Sultonovlar spiker sifatida ishtirok etdi.
Press-klubda ta`kidlanganidek, yurtimizda keyingi ikki yil ichida yoshlar o`rtasidagijinoyatchilik va huqukbuzarlik oldingi yillarga nisbatan kamaygan bo`lishiga qaramasdan,o`smir-yoshlarda turli mayda bezoriliklar, qonunda ruxsat etilmagan, tibbiyot mutaxassislarining ruxsatisiz foydalanishi ta`qiqlangan psixotrop moddalarning (tramadol, lirika) noqonuniy tarqatilishi hamda ta`lim muassasalarida o`quvchilarning o`tkir tig`li sovuq qurollardan foydalanishi kabi salbiy illatlarning ko`payib borishi keng jamoatchilik vakillarini tashvishga solmoqda.
Shu nuqtai nazardan manfaatdor vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlarimana shundaysalbiy holatlarning oldini olish bo`yicha hamkorlikda doimiy ravishda profilaktika ishlarini olib bormoqda.
— Yoshlar ayniqsa, voyaga etmaganlar o`rtasida salbiy illatlarni, mayda bezorilik va huquqbuzarliklarni oldini olish kechiktirib bo`lmaydigan dolzarb masala ekanini davrning o`zi ko`rsatib turibdi. Shuning uchun “Barchasi o`z qo`lingda” targ`ibot dekadasi doirasida amalga oshirilayotgan barcha amaliy ishlarimizda faqat natija uchun harakat qilyapmiz va bunga erishyapmiz, — deydi O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o`rinbosari Begmat Ochilov. — Hududlarimizda o`tkazilayotgan tungi reydlar, “Davomat”, “Tig`” tadbirlari davomida bir necha oydan buyon maktabga qadam bosmagan “tirikchilik xurjuni”ni erta elkasiga ilgan yoshlarning ota-onalari bilan tushuntirish ishlariolib borilib, o`quvchilar darsga qaytarilyapti. “Fidokor yoshlar” jamoat tartibini saqlash patrullik guruhlari hambu borada ko`mak bermoqda. Ta`kidlash kerakki, dekada doirasida yoshlar o`rtasida jinoyatchiliklarning ko`rsatkichirespublika bo`yicha 48.8foizga kamayishiga erishildi.

O`zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan joriy yilda xam har oyning oxirgi 10 kunligida yoshlar jinoyatchiligini barvaqt profilaktika qilish maqsadida 8 ta loyihani o`z ichiga olgan “Barchasi o`z qo`lingda!” targ`ibot dekadasi davom ettiriladi.
— O`tgan yilda yoshlar o`rtasida 14 mingdan ortiq jinoyat sodir etilgan bo`lib, ularning 3 ming 990 tasi o`g`irlik, 1ming 130 tasi firibgarlik, 960 tasi bezorilik, 880 tasi qonunga xilof ravishda chetga chiqish va yurtimizga kirishga urinish kabi noqonuniy holatlardan iborat, —deydi O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Zafar Nazarov. — Mazkur jinoyatlarning sababini o`rganganimizda, jinoyat qilganlarning 76 foizi ishsiz ekani aniqlandi. Bu bizning eng og`riqli nuqtamiz.
Dekada doirasida yoshlarning bandligini ta`minlashga mo`ljallangan qator loyihalar amalga oshirildi. “Men kasb tanlayman”, “Yoshlar —munosib mehnat va tashabbuskorlik” loyihalarining amalga oshirilishi natijasida aksariyat yoshlarnig bandligi ta`minlandi. Shuningdek, chet eldan ishlab qaytib kelgan yoshlarning muammolarini hal etish, ularni kelgusida Vatanda qolishiga erishish maqsadida tuman va shahar hokimlari bilan “Hokim va yoshlar” uchrashuvlari o`tkazildi.
Press-klubda joriy yilda ham hamkorlikni rivojlantirgan holda yoshlar va voyaga etmaganlar jinoyatchiligini jilovlash maqsadida qilinadigan ishlar belgilab olindi.
Yoshlarning savollariga spikerlar tomonidan javoblar qaytarildi.






