Bugun, 22 fevral kuni soat 2:01da Samarqand viloyati Urgut tumani «Do`stlik» mahallasi Yangiariq ko`chasidagi uyda yong`in sodir bo`layotganligi haqida Urgut tumani Yong`in xavfsizligi bo`limining dispetcherlik xizmatiga xabar kelib tushgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo`linmasi xabar qilishicha, voqea joyiga zudlikda 6 ta asosiy va 1 ta maxsus yong`in o`chirish ekipajlari jalb etilgan. Yong`in o`chirish bo`linmalari yong`in joyiga soat 2:09da etib borgan vaqtida uy ochiq alanga bilan yonayotganligi ma`lum bo`lgan. Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in soat 02:22da qurshab olinib, soat 03:48da bartaraf etilgan.
Yong`in oqibatida uyning 150 kv metr maydonda tomi, shifti va uy jihozlari hamda qo`shni uyning 15 kv metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.
Yong`inni bartaraf etish jarayonida uy egasi 1954 y.t. Z.U., rafiqasi 1956 y.t. M.R., qizi 1992 y.t. Z.U., nabiralari 2011 y.t. X.M. va 2013 y.t. N.M.lar yong`in o`chiruvchilar tomonidan qutqarilgan. Shulardan, 2013 y.t. N.M. kuyish tan jarohati bilan tuman markaziy shifoxonasiga olib ketilgan, ahvoli qoniqarli (10 foiz kuyish tan jarohati olgan).

Yong`inni o`chirish vaqtida uy egasining farzandlari 1980 y.t. X.U., 1986 y.t. O.U., kelini 1993 y.t. Sh.E., nabiralari 2013 y.t. Sh.Z. va 2018 y.t. Sh.Z.ning kuygan holdagi jasadlari topilgan.
Yong`in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






