AsosiyJamiyat

Sinxua axborot agentligi O`zbekiston to`qimachilik sanoati haqida yozdi

'Sinxua axborot agentligi O`zbekiston to`qimachilik sanoati haqida yozdi'ning rasmi

"O`zbekiston to`qimachilik sanoatini rivojlantirib, eksport salohiyatini namoyish etmoqchi", deb yozmoqda O`zA.

Xitoy etakchi axborot agentligi Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan imzolangan "To`qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida" farmon mazmun-mohiyati haqida to`xtalarkan, mamlakatda etishtirilayotgan paxta xom ashyosi sifati yuqoriligi, uni tayyor mahsulot ko`rinishiga keltirish va eksportga yo`naltirish katta daromad keltirishiga urg`u berdi.

Bundan tashqari, 2025 yilga kelib, yirik axborot manbasi mahsulotlarni tashqi bozorga yo`naltirish orqali eksport hajmini 7 milliardga etkazish ko`zda tutilganini ta`kidlagan.

"Paxta O`zbekistonning eng daromadli mahsulotidir. Ammo so`nggi paytlarda davlat eksport o`rniga undan mahsulot ishlab chiqarish, to`qimachilik sanoatini taraqqiy ettirish uchun jiddiy qadamlar tashlamoqda.

... 2018 yili O`zbekiston to`qimachilik eksporti jadal suratlarda o`sdi. To`qimachilik mahsulotlarini tashqi bozorga sotish oldingi yilga nisbatan 41,4 foizga oshib, bu 1,6 milliard AQSh dollariga etdi", - deydi Sinxua.

    Boshqa yangiliklar