Fransiyaning Marsel shahrida noma`lum shaxs tomonidan hujum sodir etildi, deb xabar berdi Day.Az nashri.
Xabarlarga qarganda, Marselning tarixiy markazi oldida qurollangan shaxs o`tkir pichoq bilan atrofdagi odamlarga hujum qilgan. Voqea tufayli 4 kishi jarohat olib, kasalxonaga etkazildi. Jinoyatni sodir etgan shaxs esa polisiya tomonidan qo`lga olindi. U 36 yoshli erkak bo`lib, hozircha nima sababdan hujumni sodir etgani noma`lum.






