AsosiyJamiyat

Oliy sud raisining o`rinbosari Bahodir Dehqonov qo`lga olindi

'Oliy sud raisining o`rinbosari Bahodir Dehqonov qo`lga olindi'ning rasmi

Oliy sud raisining o`rinbosari, Ma`muriy ishlar bo`yicha sudlov hay`ati raisi lavozimida ishlagan Bahodir Dehqonov bugun, 21 fevral o`z xizmat xonasida qo`lga olingan. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Bahodir Dehqonov Oliy Majlisning Senati tomonidan 2017 yil 27 may kuni besh yil muddatga Oliy sudi raisining o`rinbosari – Ma`muriy ishlar bo`yicha sudlov hay`ati raisi lavozimiga saylangandi.

U o`z vazifasiga 2017 yilning 1 iyunida kirishgan.

Bundan avval, Bahodir Dehqonov Oliy xo`jalik sudi raisining o`rinbosari lavozimida ishlagan.

    Boshqa yangiliklar